Maxfiylik siyosati
Tahrir: 2026-yil 27-sentabr
Minbar ekspertlar bilan jonli efir, guruh trening va 1-ga-1 konsultatsiya platformasi. Bu sahifada qaysi maʼlumotlaringizni yigʻishimiz, nima uchun ishlatishimiz va qancha saqlashimiz yozilgan.
Qanday maʼlumot yigʻamiz
- Telegram hisobi: Telegram identifikatori, ismingiz, foydalanuvchi nomingiz (@username) va profil surati. Kirish faqat Telegram orqali.
- Telefon raqami: kirishda Telegram orqali ulashasiz. Toʻlov, bekor qilish va eslatma xabarlari shu raqamga bogʻlangan.
- Qurilma maʼlumoti: brauzer yoki ilova uchun yaratiladigan qurilma identifikatori va IP manzil. Efir bir vaqtda bitta qurilmada ochilishi uchun kerak.
- Efirdagi faollik: qaysi efirga qachon kirib-chiqqaningiz va qancha koʻrganingiz (davomat), efir chatidagi xabarlar va savollaringiz.
- Toʻlovlar: balans, toʻldirishlar va yechimlar tarixi. Karta raqami va muddatini Atmos toʻlov sahifasida kiritasiz: Minbar ularni koʻrmaydi va saqlamaydi.
- Siz yozgan narsalar: sharh, izoh, konsultatsiya uchun savol, shikoyat va (ekspert boʻlsangiz) post, profil matni va ariza hujjatlari.
- Shahar va til, agar profilga yozgan boʻlsangiz.
Nima uchun ishlatamiz
- Hisobingizni ochish, sizni tanish va kirishni himoyalash.
- Tadbir va konsultatsiyaga yozish, balansdan toʻlash va bekor qilinganda pulni qaytarish.
- Efir boshlanishi, toʻlov va bekor qilish haqida Telegram bot orqali xabar yuborish.
- Kontentni himoyalash: videoda ismingiz va raqamingizning oxirgi toʻrt raqami suv belgisi sifatida koʻrinadi. Yozuv tarqalsa, kim tarqatganini shu belgi orqali aniqlaymiz.
- Shikoyatlarni koʻrib chiqish va qoidani buzganlarni cheklash.
Reklama uchun maʼlumot sotmaymiz va reklama kuzatuvchilarini (tracker) ishlatmaymiz.
Kimlar bilan ulashamiz
- Telegram: kirish va bildirishnomalar.
- Atmos: balansni karta bilan toʻldirish. Toʻlov sahifasi Atmos tomonida.
- LiveKit: jonli video va efirni uzatish.
- Cloudflare R2: efir yozuvlarini saqlash va uzatish.
- YouTube: ekspert qoʻygan video faqat siz bosganingizda, kuzatuv cookieʼlarisiz rejimda ochiladi.
- Ekspert: tadbiriga yozilganlar roʻyxatida ismingiz va yashirilgan raqamingiz koʻrinadi. Toʻliq raqamingiz ekspertga berilmaydi.
Qonun talab qilgan hollarda maʼlumot vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.
Qayerda va qancha saqlanadi
- Maʼlumotlar hozircha Oʻzbekistondan tashqaridagi serverlarda (Yevropa Ittifoqi) saqlanadi.
- Efir yozuvlari tadbir tugagandan keyin interaktiv treninglarda 90 kun, efirlarda 30 kun ochiq turadi, keyin yopiladi.
- Hisobni oʻchirishni soʻrasangiz, u 30 kundan keyin butunlay oʻchiriladi. Shu muddatda qayta kirsangiz, hisob tiklanadi.
- Toʻlov yozuvlari hisob oʻchirilgandan keyin ham arxivda qoladi.
Brauzeringizda nima saqlanadi
Kirish tokenlari va qurilma identifikatori brauzeringiz xotirasida (localStorage) saqlanadi. Hisobdan chiqsangiz, tokenlar oʻchiriladi va serverda ham bekor qilinadi.
Sizning huquqlaringiz
- Profilingizda saqlangan maʼlumotlarni koʻrish.
- Profil sahifasida hisobni oʻchirish.
- Istalgan foydalanuvchini bloklash va kontent ustidan shikoyat qilish.
- Maʼlumotlaringiz haqida savol berish: Minbar Telegram boti orqali yozing.
Siyosat oʻzgarsa, shu sahifada yangilanadi. Foydalanish qoidalari: foydalanish shartlari.